Qayerdan qayerga — o'zingiz belgilaysiz. Har bir e'londa haydovchining ismi, reytingi, mashinasi va narxi ko'rinadi, yoqqanini tanlab joy band qilasiz. Jo'nash vaqti oldindan aniq.
Ro'yxatdan o'tishdan safar boshlanishiga qadar bir necha daqiqa
Shahar va sanani kiriting. Sizga mos safarni tanlang.
Haydovchi profili va reytingini ko'rib, xavfsiz joy band qiling.
Haydovchi bilan bog'laning va safarni boshlang — arzon, tez va qulay.
Haydovchi hujjatlari tekshiriladi, profillar tasdiqlanadi va har bir safar reyting bilan baholanadi.
Guvohnomasi tekshirilgan haydovchining ismi yonida tasdiq belgisi turadi — safar tanlashda shunga qarang.
Har safardan keyin yo'lovchi va haydovchi bir-birini baholaydi.
Telefon raqamlar faqat band qilish tasdiqlangandan keyin ko'rinadi.
Har kuni bir yo'nalishda borasizmi? Yo'lovchi olib boring va qo'shimcha daromad oling.
Bepul davr tugagach komissiya 2–5% bo'ladi: 200 000 so'mgacha band qilishdan 2%, undan yuqorisidan 5%.
Ro'yxatdan o'tish bepul — bir daqiqada birinchi safaringizni toping.